Amerikalik dzyudochi rossiyalik bilan bir shohsupaga chiqishni istamadi

Sport 00:09 / 12.08.2017 19152

Amerikalik dzyudochi Tayler Milton Los-Anjyelesda o‘tayotgan politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar Butunjahon o‘yinlarida rossiyalik dzyudochi Filipp Ivanov bilan bir shohsupaga chiqishdan bosh tortdi. Bu haqda Ivanovning o‘zi Instagram’da ma'lum qildi.

“Shohsupada bir kishi yetishmayapti. Amerikalik uchinchi bo‘ldi va ehtimol siyosiy qarashlari sababli taqdirlash marosimida paydo bo‘lishni lozim deb topmadi, nima ham qilardik. Har kim tanlash huquqiga ega. Asosiysi, bizda hammasi yaxshi”, deb yozgan sportchining o‘zi.

Ivanov musobaqalarda 100 kg dan yuqori vazn toifasida 1-o‘rinni egallagan.

Ushbu o‘yinlar 7 avgustdan boshlanib, 17 avgustgacha davom etadi. Musobaqalarda 67 ta davlat vakillari ishtirok etmoqda. Ta'kidlash joizki, o‘yinlar 1985 yildan boshlab har toq yilda o‘tkazib kelinadi.

Ko‘proq yangiliklar: