Turkiyada AQSh samolyotini urib tushirmoqchi bo‘lgan rossiyalik qo‘lga olindi

Jahon 14:51 / 10.08.2017 24840

Turkiya xavfsizlik xizmatlari rossiyalik Renat Bakiyevni qo‘lga olishdi. U Amerikaga qarashli harbiy samolyotni dron yordamida urib tushirishni rejalashtirgani aytilmoqda. Bu haqda Haberturk xabar bergan.

Turkiya huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari Bakiyevni IShID terrorchilik guruhiga a'zo, deb ham hisoblashmoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar Telegram’da uning IShIDning boshqa a'zolari bilan yozishmalarini topishgan, ularda Amerika harbiy samolyotini Turkiya janubidagi Injirlik aviabazasi yaqinida urib tushirish uchun uchuvchisiz uchar qurilmani xarid qilish haqida so‘z borgan. 

Shuningdek ta'kidlanishicha, Bakiyev aviabaza atrofini velosipedda aylanib kuzatib yurgan.

Rossiyalik 13 kun davomida so‘roq qilindi. Bugun u sud oldida javob beradi.

Ko‘proq yangiliklar: