OAV: Fransiyada harbiylar ustiga avtomobilda bostirib borgan shaxs ushlandi

Jahon 19:01 / 09.08.2017 4520

Fransiyadagi trassalardan birida 9 avgust kuni ertalab Parij yaqinida harbiylar guruhi ustiga avtomobilda bostirib borgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi qo‘lga olish chog‘ida yaralangan. Amaliyot Levalua-Perreda fransiyalik harbiylarga hujum qilish holatini tergov qilish doirasida o‘tkazildi.

Ayni damda qo‘lga olingan shaxs harbiylarga hujumda gumonlanuvchi ekanligini aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, France Info’ning mamlakat adliya vazirligidagi manbasi iddao qilishicha, qo‘lga olingan shaxs askarlarga hujum qilishda gumonlanuvchidir. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olish amaliyoti A16 trassasida amalga oshirilgan.

Avvalroq Parij yaqinida avtomobil harbiylar guruhi ustiga bostirib borilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: