OAV: Suriyada koalitsiya aviazarbasi oqibatida 8 kishidan iborat oila halok bo‘ldi

Jahon 16:09 / 04.08.2017 3278

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Raqqa shahridagi aholi yashaydigan mavzelarga aviazarbasi natijasida sakkiz kishidan iborat oila halok bo‘ldi. Bu haqda SANA agentligi mahalliy manbalarga asosan xabar qilgan.

Ta'kidlanishicha, ayol va yetti nafar bola halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohat oldi. Shuningdek, aholi turar-joylar binolari ham zarar ko‘rgan.

Avvalroq AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Suriyadagi aviazarbasi natijasida kamida 60 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: