«Arab to‘rtligi» Qatarga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qiladi

Jahon 13:30 / 30.07.2017 8322

Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Birlashgan arab amirliklari va Misr vakillari uchrashuv o‘tkazib, unda Qatarga qarshi navbatdagi iqtisodiy va siyosiy sanksiyalar qo‘llash masalasini muhokama qiladi. Bu haqda  «Al-Hayat» gazetasiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Bahrayn poytaxti Manama shahrida o‘tkaziladigan uchrashuvda tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi. Vazirlar «Qatar iqtisodiga bosim o‘tkazish maqsadidagi choralar»ni ko‘rib chiqishadi.

Bu vaqtda Bahrayndagi BNA agentligi qirol Hamad ibn Iso al-Xalifa Saudiya, Misr va BAA TIV rahbarlari bilan uchrashgani haqida xabar tarqatdi. Qirol uchrashuvda terrorizmga qarshi hamkorlik zarurati haqida gapirgan.

Arab davlatlari 22 iyun kuni Qatarga 13ta talabdan iborat ro‘yxatni jo‘natishgandi. Unda Al Jazeera telekanali faoliyatini to‘xtatish, turklarning harbiy bazasini yopish va Eron bilan aloqalarni to‘xtatish zarurligi ko‘rsatilgandi. Keyinchalik ro‘yxat qisqartirildi, yangi ro‘yxatda Al Jazeera telekanalining yopilishi, amirlikdan muammoli kishilarni chiqarib yuborish kabi talablar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Misr, BAA va Bahrayn Qatarni terrorchilar bilan aloqadorlikda ayblab, bu mamlakat bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatgandi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan ular qatoriga Liviya, Mavritaniya, Maldiv, Mavrikiy hamda Yaman ham qo‘shilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: