Liviyada IShID bilan aloqadorlikda gumonlangan 20 kishi qatl etildi

Jahon 15:05 / 25.07.2017 6234

Liviya milliy armiyasi jangchilari IShID terrorchilik guruhi faoliyatiga aloqadorlikda gumonlangan 20 nafar kishini qatl etishdi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Lybian Express’ning aniqlik kiritishicha, qatl jarayoniga Mahmud Verfaliy rahbarlik qilgan. 

Gumonlanuvchilarning otib tashlangani tasvirlangan video BMT oliy komissari Boshqarmasi vakili Liz Trossell Verfaliyga nisbatan tergov o‘tkazish haqida talab qo‘yganidan bir necha kun o‘tib tarqaldi. Xalqaro tashkilot xodimlarining taxminicha, bu erkak asirlarni qiynoqqa solish va suddan tashqari qatl etish jarayonlarida qatnashgan.

«Biz Beng‘ozida yaqinda ro‘y bergan janglarda Liviya milliy armiyasi tomonidan asirga olingan kishilar qiynoqqa solinishi mumkin ekanidan chuqur tashvishdamiz», - deya ma'lum qilgan Trossell. Bundan tashqari, u Verfaliyni maxsus topshiriqli guruh qo‘mondonligidan vaqtinchalik chetlatishga chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: