Kanadada 145 nafar farzandning otasi ko‘p xotinlikda aybdor deb topildi

Jamiyat 22:30 / 25.07.2017 16412

Kanadaning Britan Kolumbiyasi viloyati oliy sudi Uinston Blekmor va uning sobiq kuyovi Jyeyms Olerni ko‘p xotinlikda aybdor deb topdi, deb xabar bermoqda Yahoo News nashri.

Hozirda 61 yoshda bo‘lgan Blekmor 1990 yildan 2014 yilgacha 24 ayolga uylangan, uning 145 farzandi bor. 53 yoshli Olerda esa 5 xotin bor. Ularga 5 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin. Sud yakuniy jazo hukmini keyinroq chiqaradi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, erkaklarning ikkisi ham yepiskop (mormon) bo‘lgan. Sudlanuvchilar ko‘p xotinlikning 1,5 ming tarafdorini birlashtiruvchi Bauntiful jamoasida yashaydilar.

Blekmor xotinlari ko‘pligini inkor etmagan va uning barcha nikohlari cherkov qoidalariga ko‘ra tuzilgan. Aynan shuning uchun prokuratura 20 yil davomida unga ayb qo‘ya olmagan. Buning nozik joyi shunda ediki, ko‘p xotinlikni taqiqlash din erkinligi huquqini buzgan bo‘lardi.

2011 yilda sud tartibida ko‘p xotinlik asoratlari din erkinligini cheklashga yetarlicha asos berishi haqida qaror qilingan. Buning natijasida Oler va Blekmor 2014 yilda javobgarlikka tortilgan.

Blekmor adkovatining aytishicha, Blekmor agar aybdor deb topilsa, ko‘p xotinlikni taqiqlovchi me'yorlar bo‘yicha bahslashmoqchi.

Blekmor yepiskoplik qilgan fundamental cherkovning sobiq prezidenti Uorren Jyeffs balog‘atga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qo‘llagani sababli hozirda umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, u bu cherkovni hanuzgacha boshqarib keladi.

Ushbu cherkov ko‘p xotinlikdan 19-asr oxirida voz kechgan, biroq cherkov har qanaqasiga tan olishni istamaydigan fundamentalchi-mormonlar hanuzgacha ko‘p xotinlikka amal qilib keladilar.

Ko‘proq yangiliklar: