Xitoy tarixda birinchi marta AQShdan guruch xarid qiladi

Jahon 22:03 / 21.07.2017 9026

AQSh qishloq xo‘jaligi vaziri Sonni Perdyuning bayonotiga ko‘ra, Xitoy rasmiylari birinchi marta Amerika guruchini import qilishga ruxsat berishdi. Bu haqda The South China Morning Post nashri yozmoqda.

Vazirning qayd etishicha, bu amerikaliklar fermerlarga dunyoning eng yirik guruch iste'molchilari bozorining eshigini ochadi.
 
«Biz hujjatni imzolash uchun o‘nlab yillar ishladik va bizning a'zolar Xitoy iste'molchilariga AQShning sog‘liqqa xavfsiz bo‘lgan yuqori sifatli guruchini yetkazibberishga harakat qiladi», — degan AQSh guruch yetishtiruvchilar federatsiyasi prezidenti Betsi Uord.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy 13 kunda Amerikada yetishtirilgan bir yillik guruchni iste'mol qiladi. 

Xitoy 2001 yili Jahon Savdo tashkilotiga a'zo bo‘lgan vaqtda guruch bozori eshiklarini ochgan edi. Biroq, Xitoy va AQSh o‘rtasida fitosanitar kelishuv bo‘lmagani bos, Amerikadan guruch import qilishga imkon bermas edi. 

AQShda, qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, bu yil 6,07 mln tonna guruch yetishtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: