Rossiya Iroqqa tanklar yetkazib beradi

Jahon 07:55 / 20.07.2017 13734

Moskva Iroqqa T-90 rus tanklarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda «Izvestiya».

Bu haqda nashrga Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Vladimir Kojin aytib o‘tgan.

«Katta partiya uchun kattagina shartnoma, aniq summani ayta olmayman, juda ko‘p miqdorda», - dedi u.

Shu bilan birga, Rossiya strategiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazidan ta'kidlashlaricha, shartnoma qiymati 1 mlrd dollardan ortiq bo‘lishi, tanklarning miqdori esa bir necha yuztani tashkil etishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: