Olmazorda yarim kilogramm marixuana moddasini sotish maqsadida saqlab kelgan shaxs aniqlandi

Jamiyat 15:30 / 20.07.2017 3245

2017 yilning 15 iyul kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Olmazor tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Odil Umarov og‘irligi 593,72 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: