Kanada general-gubernatori bayonnomaning buzilishida sirpanchiq gilamni aybladi

Jahon 16:40 / 20.07.2017 8293

Kanada general-gubernatori Devid Jonston Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II'ning mamlakatga tashrifi chog‘ida bayonnomaning buzilishida sirpanchiq gilam qoplamasini aybladi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.

Qirolichaning Kanadadagi vakili qirollik bayonnomasini buzib, Kanada uyidagi zinadan tushish chog‘ida Yelizavetaning tirsagini ushlab olgani sabab Britaniya OAVning katta g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Jonstonning so‘zlariga ko‘ra, u zinadan tushish chog‘ida qirolichaning xavfsizligini o‘ylab shunday ish qilgan.

«Kanada uyidan Trafalgar maydoniga tushish biroz noqulay, buning ustiga gilam qoplamasi ham sirpanchiq edi, hamda shuning uchun qirolichaga yordam berishda bayonnomani buzish katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi, deb hisoblagandim», - deya ta'kidlab o‘tgan Jonston.

Bunday holatlardagi o‘zini tutish qoidalariga ko‘ra, hech kim qirollik oilasi a'zosiga qo‘l tekkazish huquqiga ega emas. Faqatgina qirolicha qo‘l uzatsagina, uning qo‘lini ushlash ruxsat berilgan.

Telekanalning ta'kidlashicha, bu qirolichaga nisbatan bayonnomaning buzilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas: 2009 yilda AQSh sobiq birinchi xonimi Mishel Obamaning xatti-harakati ham bahs-munozalarga sabab bo‘lgandi, o‘shanda u uchrashuv chog‘ida Yelizavetani quchoqlab olgan.

Ko‘proq yangiliklar: