O‘zbekiston raqamli teleuzatishga to‘liq o‘tadi

O‘zbekiston 23:51 / 19.07.2017 37831

2017 yilning oxiriga qadar O‘zbekistonning barcha hududlari yer usti raqamli teleuzatish bilan ta'minlanadi. Bu haqda joriy yilning 17 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Raqamli teleuzatishga o‘tish va yer usti muqobil teleuzatishni to‘xtatish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 502-sonli qarorida ma'lum qilingan. 

Qarorga ko‘ra, respublikaning barcha aholi yashash punktlari raqamli teleuzatmalar uchun zarur 90 komplekt katta va 404 komplekt kichik quvvatli uskunalar bilan qoplanadi.

Yer osti teleuzatmalarini bosqichma-bosqich to‘xtatish jadvaliga ko‘ra, 2018 yilning 15 iyuligacha Toshkentda, 2018 yilning 5 dekabrigacha esa butun mamlakat bo‘ylab ushbu uzatmalar to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, «O‘zeltexsanoat» AK korxonalariga 5 yil ichida 3 million dona televizion priyomniklar ishlab chiqarish belgilangan.

Qaror matnida O‘zbekiston tijoriy banklariga «Mahalla» xayriya jamg‘armasini jalb qilgan holda aholiga, ayniqsa, aholining ehtiyojmand qismlari va nafaqaxo‘rlarga raqamli televideniye xizmatlaridan foydalanish uchun kerakli uskunalar, jumladan, televizorlar, pristavkalar va boshqalarni xarid qilish uchun imtiyozli iste'mol kreditlarini taqdim etishni kengaytirish tavsiya etilishi ta'kidlangan.

Ko‘proq yangiliklar: