Poroshenko: Kiyev Gruziyadagi Rossiya istilosini hech qachon tan olmaydi

Jahon 19:16 / 19.07.2017 8432

Kiyev Rossiyaning Gruziyadagi istilosini hech qachon tan olmaydi, deb aytib o‘tdi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko. U shunday bayonot bilan Janubiy Osetiya bilan chegarada joylashgan Odzisi qishlog‘iga gruziyalik hamkasbi Georgiy Margvelashvili bilan birga qilgan tashrifidan so‘ng chiqish qildi.

«Rossiyalik harbiy xizmatchilar mintaqadagi xalqlarning irodasini sindirish harakatida. Bizning xalqlar hech qachon bosh egmagan. Istilo etilgan hududlar ozod etiladi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Shuningdek, Ukraina prezidentining ma'lum qilishicha, Kiyev Gruziyaning suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qat'iy qo‘llab-quvvatlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: