Dushanbeda parlament majmuasi Xitoy mablag‘lari evaziga quriladi

Jahon 15:13 / 19.07.2017 7827

Xitoy Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida yangi parlament majmuasini qurish uchun 230 mln dollar mablag‘ ajratadi.

«Xitoy bilan bu borada tegishli kelishuvga erishildi», - deya xabar berdi Tojikiston hukumatining arxitektura va qurilish bo‘yicha qo‘mitasi raisi Jamshid Ahmadzoda Dushanbedagi matbuot-anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy umumiy miqdorda 230 mln dollarlik grant taqdim etadi.

Ahmadzodaning ta'kidlashicha, Dushanbedagi yangi parlament binosi to‘rt qavatdan iborat bo‘ladi, loyiha tayyorlangan, dastlabki ishlar boshlangan.

Shuningdek, qo‘mita rahbarining xabar berishicha, ayni damda Xitoy bilan Dushanbedagi hukumat majmuasini qurish uchun ham grant taqdim etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq Dushanbedagi parlament majmuasini qurishga Saudiya Arabistoni 200 mln dollardan ko‘proq hajmda beg‘araz yordam taqdim etishi xabar qilingandi. Biroq, Saudiya diplomatik missiyasi vakillari bu ma'lumotni rad etishgan.

Tojikistonning yangi parlament majmuasi mamlakat qishloq xo‘jaligi, Dushanbe hokimiyati, Eron elchixonasi va bir qancha turar-joy binolarining o‘rnida qurilib, 6 gektarlik maydonda joylashadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: