5G tarmog‘iga o‘tadigan dunyodagi birinchi davlat nomi ma'lum

Fan-texnika 19:03 / 17.07.2017 23828

San-Marino respublikasi o‘z hududida 5G mobil aloqa tarmog‘i ishga tushadigan jahondagi ilk davlatga aylanadi. San-Marino hukumati va Italiyaning Telecom Italia Mobile aloqa operatori o‘rtasidagi tegishli kelishuv bugun imzolanadi, deb xabar bermoqda Il Sole 24 Ore nashri. 5G aloqasi soniyasiga 10-20 Gbitda ulanish tezligi imkonini beradi.

Joriy yil davomida Telecom Italia San-Marinoda 5G’ga o‘tish uchun asosiy infratuzilmani tayyorlaydi. Kutilishicha, respublika 2018 yilning oxiriga kelib yangi avloddagi tarmoqqa o‘tadi. Telecom Italia Milan va Turinda ham sinovlar o‘tkazmoqda.

Hozirda mobil operatorlar butun dunyo bo‘ylab 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Janubiy Koreya, Xitoy va AQShdagi kompaniyalar bu borada ancha yaxshi natijalarga erishgan.

Ko‘proq yangiliklar: