Avtomatik tish cho‘tkasi 10 soniyada tishlarni tozalaydi

Fan-texnika 09:58 / 13.07.2017 10989

Amabrush tish cho‘tkasi har kuni ertalab tishlarini tozalash joniga tekkanlar uchun chinakam  qutqaruvchi bo‘lishi mumkin. U butun og‘iz bo‘shlig‘ini bor-yo‘g‘i 10 soniyada tozalaydi, buning uchun qurilma og‘izga solinib, tugmasini bosilsa yetarli, deb yozadi gagadget.

Amabrush ning ishchi qismi bakteriyalarga qarshi xossali silikondan tayyorlangan. Tashqi ko‘rinishi bilan cho‘tka boksyorlar kapasi va dengiz aktiniyasi gibridini eslatadi. Titrovchi yumshoq mo‘ylar tishga yopishgan qoldiqlarni milkka zarar yetkazmasdan tozalaydi, tish pastasi esa maxsus mikrokanallarni kelib turadi.

Android va iOS uchun mo‘ljallangan ilovalarda tozalash uchun ish rejimi va vaqtini sozlash, shuningdek tarkibiy qismlarni buyurtma qilish mumkin. Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, gadjyet o‘z egasining kuniga tish yuvish uchun 2 daqiqadan 2 marta vaqt sarflashdan xalos etib, 108 kun vaqtini tejaydi. Akkumulyator quvvati esa 28 marta foydalanishga yetadi.

Tyubiklarda sotiladigan oddiy tish pastasi juda quyuq bo‘lganligi sababli Amabrush uchun har biri 3 yevro turadigan maxsus kapsula sotib olishga to‘g‘ri keladi. Uning bir donasi bir oydan ko‘proq vaqtga yetadi.

Silikondan yasalgan «tishliq» bakteriyalarning 99,99 foizini yo‘qotadi va 6 yevro turadi. Uni har 3–6 oyda almashtirish tavsiya etiladi. Yaratuvchilarning fikricha, biz kuniga tish tozalash uchun 2 daqiqa sarflaganimizda, har bir tish sirtiga o‘rtacha 1,25 soniya sarflanadi. Amabrush’ning mo‘ylari tishlarni butunlay qoplab oladi va bir vaqtning o‘zida og‘iz bo‘shlig‘ida tozalash ishlarini olib boradi. Garchi jarayonning o‘zi 12 martaga qisqaroq bo‘lsa ham, samaradorlik 8 barobar ko‘proq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: