Argentina bosh prokurori korrupsiyada gumon qilinib so‘roq qilinadi

Jahon 09:54 / 12.07.2017 3235

Argentina prokurori Eduardo Tayano mamlakat sudidan korrupsiyada gumon qilinayotgan bosh prokuror Alexandr Xils Karboni so‘roqqa chaqirishni so‘radi. Ushbu so‘rov ma'muriyatning yangiliklar portaliga joylashtirildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. 

Hujjatga muvofiq, prokuror Xils Karbo va yana ikki kishini "davlatga zarar yetkazgan firibgarlik, mansabini suiiste'mol qilish, pora olish, ta'siridan foydalanish va davlat mulozimiga mumkin bo‘lmagan savdo faoliyatini olib borish" kabilarda ayblanmoqda.

Mazkur surishtiruv 2013 yili prokuratura ehtiyoji uchun 43,85 mln peso (2,6 mln dollar) turadigan binoni xarid qilish bilan bog‘liq. Ayblov tomoniga ko‘ra, gumondorlar tender g‘olibini, natija e'lon qilinmasdan, aniqlab qo‘yishgan. "Ma'muriy jarayon qonuniy ko‘ringan bo‘lsa-da, aslida u davlat manfaatlariga zid bo‘lgan hamda ayblanuvchilarning foyda olishiga asos bo‘lgan firibgarliklar natijasidir", - deyiladi hujjatda. 

Tayanoning so‘rovi prezident farmoni bilan bosh prokurorni ishdan olish haqidagi mish-mishlardan so‘ng yuborildi. Umuman olganda, bu ham mamlakat konstitutsiyasiga ziddir. Argentinaning prokuratura to‘g‘risidagi qonunchiligiga ko‘ra, idora bosh rahbari parlament tashabbusi bilan qo‘llangan impichment natijasida "ishdan olinishi mumkin". Hukumat tarafdorlari esa, buning Kongressning ikki palatasida ham yetarlicha tarafdorlarga ega emas. 

Xils Karbo 2012 yili o‘sha vaqtdagi prezident Kristina Fernandes de Kirshner tomonidan lavozimiga tayinlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: