Estoniya YeI Kengashi raisligiga kirishmoqda. Yevropaga bu nima beradi?

Jahon 09:14 / 01.07.2017 3047

Estoniya shanba kuni YeI Kengashi raisligiga kirishadi. U bu lavozimni Maltadan qabul qilib oladi. Mamlakatning raisligi 31 dekabrga qadar davom etadi.

YeI a'zo davlatlari doimiy vakillari bunday qarorni 2016 yilda qabul qilishgan. Bu Buyuk Britaniya Brexit tufayli raislikdan voz kechgani tufayli yuz berdi. Avval Estoniya Buyuk Britaniyadan so‘ng raislikka kirishishi lozim edi.

Rais davlat majburiyatiga Kengash yig‘ilishlari va ishchi guruhlari faoliyatini tashkil etish kiradi: kun tartibini yaratish, yig‘ilish va uchrashuvlarga rahbarlik qilish, muhokamalar davomida umumiy pozitsiyalarni aniqlash, Yevropa komissiyasi va Yevropa parlamenti muhokamalarida kelishuvlarni taqdim etish hamda imzolash.

Estoniya hukumati 29 iyun kuni raislik dasturini tasdiqladi. U to‘rtta ustuvor yo‘nalishdan iborat. ochiq va innovatsion iqtisodiyotga ega Yevropa, xavfsiz va himoyalangan Yevropa, raqamli Yevropa va ma'lumotlarni erkin almashish.

Tallinning fikricha, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish va ish o‘rinlarini yaratish jozibali ishbilarmonlik muhiti va samarali savdo sherikligiga imkon beradi. Ochiq va innovatsion iqtisodiyot ishbilarmonlik bilan byurokratiyaning kichik darajasida shug‘ullanishga asoslangan. Iqtisodiy o‘sish hamda ish o‘rinlarini yaratish uchun yagona bozor salohiyatidan foydalanish lozim. Shuningdek, yuqori texnologiyali ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash kerak, bu Yevropa iqtisodiyoti innovatsiyalar va yangi texnologiyalarga ochiq bo‘lishida kerak bo‘ladi. 

Ikkinchidan, Estoniya, rais sifatida, Yevropadagi xavfsizlik va himoyalanganlikning qadriga yetadi. Ichki chegaralarsiz Yevropa xavfsizlik siyosati, tashqi chegaralar, migratsiya va boshpana tizimida umumiy yechimlarni talab etadi. Estoniya raisligi vaqtida Yevropa tashqi chegaralarini qo‘riqlashni kuchaytirishga harakat qiladi.

Uchinchidan, dasturda jamiyatning raqamli rivoji muhimligiga e'tibor qaratiladi. Tez, sifatli internet-ulanish iqtisodiyotga ham o‘zining ijobiy ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi.

To‘rtinchidan, Estoniya “o‘ziga jalb etuvchi” Yevropa g‘oyasini ilgari surishi muhim. Bunda har bir kishiga teng imkoniyatlar yaratilishi darkor. 

Estoniyada yarim yil davomida vazirliklar darajasidagi 11 ta norasmiy uchrashuv va yettita oliy darajadagi anjuman bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ekspertlar darajasida 203 ta tadbir bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: