Ukrainada muddatidan avvalgi saylovlar o‘tkazilmaydi

Jahon 16:04 / 30.06.2017 4119

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, mamlakatda muddatidan avvalgi saylovlar bo‘lmaydi, ular qonunchilikka muvofiq – 2019 yilda o‘tkaziladi.

«Saylovlar, do‘stlar, hali ancha uzoqda. Ta'kidlab o‘taman, yaqin orada bo‘lmaydi. Agarda kimdir bu qachon bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsa: saylov mavsumi 2019 yilda boshlanadi, qonunchilikda belgilanganidek», - deya prezidentning so‘zlarini keltiradi «112 Ukraina».

Shuningdek, Poroshenko fuqarolarni «populizmni to‘xtatish va mamlakatga to‘rt yil, saylovsiz ishlash uchun vaqt berish, haqiqiy islohotlarni o‘tkazishga» chaqirgan.

Ko‘proq yangiliklar: