Ronaldu kelajagini muhokama qilishni istamadi

Sport 20:53 / 30.06.2017 6211

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi haqida gapirishni istamadi. Portugaliyalik futbolchi «Qirollik klubi»dagi kelajagi xususidagi savolga jimlik bilan javob qaytargan va vaziyat noaniqligicha qolgan.

«Men hech kim bilan kelajagimni muhokama etmoqchi emasman», — deya Ronalduning so‘zlarini keltirgan AS nashri.

Bundan oldinroq «Real» rahbariyati vakillari ushbu futbolchining jamoada qolishiga ishonch bildirishgandi. Klub ayni vaqtda Ronalduning qarori aniq bo‘lmagani uchun transfer amaliyotlarini bajarishda muammoga duch kelmoqda.

Iyun oyi avvalida Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblagandi.  «Qirollik klubi»dagilar unga shuncha mablag‘ni o‘z ixtiyori bilan davlatga o‘tkazib berishni maslahat qilishgan, ammo futbolchi aybsizligini sudda isbotlab berishga qaror qilgandi. Ronaldu o‘zini rahbariyat tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmagan his qildi va «Real» rahbariyati gazetalardan futbolchi haqidagi salbiy xabarlarni uning klub libosidagi emas, terma jamoasi libosidagi suratlarini chop etishni so‘ragani haqidagi xabarlardan keyin klubdan ketmoqchilini ma'lum qildi. U murabbiyi Zaynidin Zidanga Ispaniyada o‘zini jinoyatchidek his qilayotganini aytib, shikoyat qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: