Narendra Modi Hindistonni qisqa vaqt ichida AQShga o‘xshash qilishga va'da berdi

Jahon 11:04 / 26.06.2017 11168

Hindiston bosh vaziri Narendra Modining va'da berishicha, Hindiston yaqinda fuqarolar hayoti uchun sharoitlarning yaxshiligi nuqtai nazaridan Qo‘shma Shtatlarga o‘xshash davlatga aylanadi.

Modi bu haqda Vashingtonda hindlar oldida chiqish qilib aytib o‘tdi.

"Sizlarning yuraklaringiz mamlakatingiz AQShga qachon o‘xshash bo‘ladi, deb so‘raydi. Men ishontirib aytishim mumkinki, hammasi siz hayotligingizda amalga oshadi", - deya Modining so‘zlarini keltiradi IANS axborot agentligi.

Hindiston bosh vaziri Vashingtonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi, bugun u prezident Donald Tramp bilan uchrashadi. Yakshanba kuni esa Modi Qo‘shma Shtatlarda yashovchi hindlar bilan uchrashdi. Uning ta'kidlashicha, aksariyat hindistonliklar Amerikada rivojlanish uchun yaxshi muhit bo‘lgani uchun muvaffaqiyatga erishganlar.

"Sizning muvaffaqiyatingiz tarixiga bitta sabab bor: sizlar bu yerda yaxshi muhitni topdingiz, - dedi Modi. – Hindistonda sizlar kabi iste'dodli 1 mlrd 250 mln kishi qoldi, endilikda ular ham yaxshi muhitga ega bo‘lishadi. Yaqinda Hindistonga rivoj beramiz".

U Amerikada yashovchi hindlarni vatanlari bilan aloqani ushlab turish va uning rivojiga ko‘mak berishga ham chaqirdi. “Agarda Hindistonni qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, hozir buning ayni vaqti. Hindistonga ko‘prikni saqlab qoling, va sizlarning yosh avlodingiz ham Hindiston bilan aloqani uzishmasin”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Modi.

Ko‘proq yangiliklar: