Uzoq masofadan o‘q uzish bo‘yicha rekord yangilandi - 3540 metr!

Jahon 14:19 / 25.06.2017 36531

Kanadalik harbiy Iroqdagi amaliyotlar vaqtida uzoqqa o‘q uzish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U IShID jangarisini 3540 metr masofadan nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi. Don't Panic shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi

Manbaga ko‘ra, snayper TAS-50 miltig‘idan foydalangan. O‘q nishonga tegishi uchun 10 soniya kerak bo‘lgan. 

Bundan avvalgi rekord britaniyalik snayperga tegishli bo‘lib, u 2009 yilda 2475 metr masofadan tolibon jangchisini qulatgandi.

TAS-50. Foto: dnpmag.com

TAS-50 dunyoning eng yaxshi snayper miltiqlaridan biri hisoblanadi. Mashhur snayper Kris Kayl ham aynan shu quroldan foydalanishni ma'qul ko‘rgan.

Ko‘proq yangiliklar: