MXX 2 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalarini yoqib yubordi

O‘zbekiston 16:00 / 23.06.2017 36440

Xalqaro majburiyatlarni bajarish maqsadida, 26 iyun “Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash” kuni munosabati bilan hamda Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan joriy giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan narkobiznesga qarshi kurash davomida musodara qilingan giyohvandlik vositalarining navbatdagi to‘plamini yo‘q qilish tadbirini o‘tkazdi.

Joriy yilning 23 iyun kuni idoralararo komissiya tomonidan 2 tonna 4,5 kg giyohvandlik vositalari, shu jumladan 22 kg geroin, 1 tonna 154 kg opiy, 101 kg gashish, 384 kg marixuana, 337 kg ko‘knor, 170 gr.dan ortiq yangi turdagi psixofaol vositalar (“Spays” va boshqalar) hamda katta miqdordagi ko‘knori xashagi, nasha va psixotrop moddalar yoqib yuborildi.

Ushbu tadbirda mutasaddi idoralarning xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Ma'lumot uchun, respublikada amal qilayotgan tartibga muvofiq, sudda ashyoviy dalil sifatida o‘tgan giyohvandlik vositalari hukm qonuniy kuchga kirgach, maxsus pechlarda yoqilib yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1994 yildan buyon 57 tonna 443 kg narkotik moddalar yo‘q qilindi.

 

Ko‘proq yangiliklar: