Qashqadaryoda 2 nafar fuqaro qurol topib oldi

Jamiyat 17:36 / 23.06.2017 24070

Inson hayoti davomida ko‘plab kutilmagan vaziyatlarga duch keladi. Ana shunday vaziyatda kishining tanlovi ko‘p narsani hal qilishi mumkin: to‘g‘ri yo‘lni tanlasa yutug‘i, egrisini ma'qul ko‘rsa, ortiqcha tashvishga ro‘baro‘ kelishi tayin.

Kun.uz’ga Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, dehqonobodlik Jasur Begmatov ham (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) kutilmagan holatga duch keldi. U o‘zi istiqomat qiladigan xonadonda joylashgan xo‘jalik xonasini buzayotgan vaqtda binoning tepa qismida to‘sin sifatida foydalanilgan truba ichidan 16 kalibrli L7691 seriya raqamli qurol qismlarini topib oldi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasiga muvofiq tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Yuqorida nazarda tutilgan buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs esa javobgarlikdan ozod qilinadi. 

Buni anglagan J.Begmatov topilmani zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga topshirdi.

Yana bir holatda Alisher Akbarov ham molxonasida joylashgan oxur tagidan bir dona 20 kalibrli N67506 seriya raqamli qurol topib oldi. U ham darhol huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qildi va qurolni topshirdi.

2016 yilning birinchi choragida 8 ta holatda 6 ta qurol hamda 114 ta turli xildagi o‘q-dorilar fuqarolarning o‘z ixtiyorlari bilan topshirilishiga erishilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning birinchi choragida bir necha barobarga oshdi va 20 ta holatda 13 ta qurol hamda 156 ta turli xildagi o‘q-dorilarni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: