Tramp Saudiya Arabistonining yangi valiahd shahzodasi bilan muloqot o‘tkazdi

Jahon 00:45 / 22.06.2017 12006

AQSh prezidenti Donald Tramp 21 iyun kuni telefon orqali Saudiya Arabistonining yangi valiahd shaxzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud bilan terorchilikka qarshi kurash va Falastin-Isroil ixtilofini tartibga solishni muhokama qildi. Bu haqda Oq uy bayonotida aytildi. 

Ikki tomon «terrorchilarni qo‘llab-quvvatlovdan mahrum etish va Qatar atrofida davom etayotgan ziddiyatlarni hal qilish yo‘llarini” muhokama qilishgan. “Ular isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida barqaror tinchlikka erishish bo‘yicha sa'y-harakatlarni ham muhokama qilishgan”, deb ma'lum qilindi Oq uyda.

Tramp Muhammad bin Salmon Al Saudni valiahd shahzoda etib tayinlanishi bilan tabrikladi. Tramp va shahzoda "xavfsizlikning umumiy maqsadlariga erishish uchun yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olishdi”. “Ular AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qilishdi”, deb qo‘shimcha qilindi Oq uyda.

Ko‘proq yangiliklar: