Sobiq kadastr inspektorining nayrangi fosh etildi

Jamiyat 16:02 / 22.06.2017 10575

Oqqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Vohid Nodirov (ismlari o‘zgartirilgan) Toshkent viloyati “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr” davlat korxonasi Oqqo‘rg‘on tumani xududiy bo‘limi inspektori lavozimida ishlab yurib, halol mehnat qilishdan ko‘ra, firibgarlik bilan tez va oson pul topishni ma'qul ko‘rdi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.

2015 yil sentabr oyidan to 2017 yil mart oyiga qadar davomli ravishda fuqaro Bahora Qodirovadan Toshkent viloyati “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr” davlat korxonasi xujjatini xamda ushbu maydonini shaxsiy mulk sifatida tan olish to‘g‘risida Oqqo‘rg‘on tumani xokimining qarorini chiqarib berishni va'da qilib, ushbu xujjatlarni tayyorlab berish evaziga 2.500.000 so‘m va xizmat haqi evaziga deb 600.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritadi.

Ammo ushbu qo‘lga kiritgan pullari Vohid Nodirovga kamlik qildi. Keyinchalik egallab turgan lavozimidan bo‘shab ketgan bo‘lishiga qaramasdan, mas'ul rahbar-xodimlar o‘rniga uning o‘zi imzolarini soxtalashtirish yo‘li orqali qo‘yib, muhr bosib, ushbu qalbakilashtirilgan ko‘chmas mulk kadastr xujjatiga inventar raqamini qalbaki holatda yozib, ularni Bahora Qodirovaga ko‘rsatib, ishonchini suiistemol qilish yo‘li bilan yana 900.000 so‘m pullarni talab qilib oladi va bu pullarni o‘z extiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Vohid Nodirov o‘zining aybiga to‘liq iqror bo‘lib, firibgarlik qilganligini, olgan 4 million so‘m pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini tan oldi. Hozirda ushbu holat yuzasidan to‘plangan xujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sud idoralariga yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: