Meksikada may oyida rekord sonda qotilliklar sodir etildi

Jahon 07:39 / 22.06.2017 6394

Meksikada joriy may oyida rekord sondagi – deyarli 2,2 ming qotillik qayd etildi. Bu oxirgi 20 yil ichida bir oyda sodir etilgan qotilliklar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. 

Meksika jamoat xavfsizligi milliy tizimi ijroiya kotibiyati ma'lumotlariga ko‘ra, bu may oyida 2011 yilgi may oyida qayd qilingan rekord sondagi qotilliklardan o‘tib ketildi. O‘shanda qotilliklar soni 2 mingdan sal oshgandi. Avvalroq 2011 yil may-avgust oylari o‘shanda mamlakat prezidenti lavozimini egallagan Felipe Kalderon tomondan narkomafiyaga qarshi e'lon qilingan urush bilan bog‘liq holda zo‘ravonlik darajasi eng yuqori bo‘lgan davr hisoblanib kelingan.

Shu davrdan keyin qotilliklar bo‘yicha ko‘rsatkichlar ancha kamaygan va bu hol 2015 yilgacha davom etgan. 2015 yildan qotilliklar soni yana o‘sa boshlagan. 

2017 yil boshidan Meksikada hammasi bo‘lib 9,9 ming kishi o‘ldirilgan. Bu esa 2016 yilgiga nisbatan 30 foiz ko‘proqni tashkil qiladi.

Qotilliklar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Chiuaua, Kolima, Gerrero, Nuevo-Leon, San-Luis-Potosi, Tamaulipas, Verakrus shtatlarida va poytaxt Mexiko shahrida qayd qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: