Maduro Venesuelaning Amerika davlatlari tashkilotiga qaytishi shartini aytdi

Jahon 23:56 / 22.06.2017 4229

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) bosh kotibi Luis Almagro o‘z lavozimini tark etsagina, Venesuela tashkilotga qaytishini aytdi. Bu haqda Universal nashri xabar bermoqda

"Luis Almagro ADTdan voz kechishi va davlatlarga ADTni tiklash va qayta shakllantirishga imkon berishi kerak. Agar Luis Almagro o‘z lavozimini tark etsa, Venesuela ADTga qaytish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin", deb aytgan Maduro.

Avvalroq Venesuela ADTdan chiqishini va tashkilot tomondan unga nisbatan qabul qilinadigan hech bir qarorni tan olmasligini aytgan. Mamlakatda aprel boshidan beri Maduro siyosatiga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu namoyishlar oqibatida kamida 74 kishi halok bo‘lgan.

ADT bosh assambleyasining Meksikaning Kankun shahrida o‘tgan yig‘ilishi Venesueladagi vaziyat bo‘yicha birorta ham qaror qabul qilinmagani bilan yakunlangan.

Ko‘proq yangiliklar: