AQSh HHKning josuslik qiluvchi uchuvchisiz uchar qurilmasi halokatga uchradi

Jahon 13:26 / 22.06.2017 8325

AQShning Kaliforniya shtatida Qo‘shma Shtatlar harbiy-havo kuchlarining josuslik qiluvchi og‘ir uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmasi RQ-4 Global Hawk halokatga uchradi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, uchuvchisiz uchar qurilma Edvards bazasidan parvoz qilib, Bil bazasiga yo‘l olayotgan bo‘lgan, biroq Uitni tog‘i yonida halokatga uchragan.

Hodisa yuz berganidan so‘ng yong‘in boshlandi, ammo u tezda bartaraf etildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: