Internetda AQShning Suriyadagi yangi bazasi suratlari paydo bo‘ldi

Jahon 20:52 / 20.06.2017 15432

Internetda iyun oyida sun'iy yo‘ldosh tomondan suratga olingan AQShning Suriyadagi yangi harbiy bazasi suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda tvitterdagi Already Happened akkauntida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, yangi baza Iordaniya chegarasi yaqinida barpo etilmoqda. 

AQSh Suriya janubida o‘z mavjudligini sekin-asta kengaytirmoqda. Avvalroq Reuters axborot agentligi ma'lum qilganidek, yangi baza Pentagonning tayanch punkti joylashgan At-Tanfadan 60-70 km uzoqlikda qurilmoqda. Bu orada AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakillari baza qurilayotgani haqidagi axborotni rad etmoqdalar.

Ko‘proq yangiliklar: