Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi

O‘zbekiston 23:40 / 20.06.2017 5623

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturda quyidagilar nazarda tutildi:

- aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini kengaytirishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish;
- Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;

- ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

- aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish. 

Ko‘proq yangiliklar: