Rossiyada korrupsiyaga qarshi norozilik aksiyalari boshlandi, qo‘lga olinganlar bor

Jahon 14:20 / 12.06.2017 9559

Rossiya Federatsiyasining Uzoq Sharqida Rossiya Kunida korrupsiyaga qarshi aksiyalarda norozilik namoyishlari boshlandi. U Aleksey Navalniy tarafdorlari tomonidan tashkil etildi. «OVD-Info» ma'lumotiga ko‘ra, Vladivostokda kamida 11 kishi qo‘lga olingan, vl.ru nashri 20 inson qo‘lga olingani haqida xabar bergan.

Vladivostokdagi korrupsiyaga qarshi aksiya «kazaklar madaniyati festivali» bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tdi. Navalniyning Vladivostokdagi shtabi rahbari Yuriy Kuchin kuni kecha politsiya tomonidan qo‘lga olindi: uning so‘zlariga ko‘ra, sudda uni kazaklar aksiyasini tashkil etishda aybdor, deb topishgan va 20 ming rubllik jarimaga tortishdi.

Blagoveshensk shahrida (Amursk viloyati) yana kamida to‘rt kishi qo‘lga olindi. Shahar ma'muriyati tadbirni o‘tkazishga ruxsat berishdan bosh tortdi.

Blagoveshenskdagi faollardan birini qo‘lidagi plakat sabab qo‘lga olishgan bo‘lsa, Vladivostokda erkak «Dimon, nari ket» yozuvli plakati uchun ushlandi.

Bosh prokuratura esa tungi matbuot xabarnomasi orqali moskvaliklarni «Moskva shahrining Tver ko‘chasida ruxsat olinmay tashkillashtirilgan har qanday tadbir – qonunni to‘g‘ridan to‘g‘ri buzish ekani» haqida ogohlantirdi. 

11 iyun kuni kechqurun esa Navalniy Tver ko‘chasidagi mitingni vaqtga ko‘chirdi. Uning aytishicha, shahar hokimligi unga yashirin bosim o‘tkazgan va fondga tovush uskunalaridan foydalanishga ruxsat bermagan.

Ko‘proq yangiliklar: