Poroshenko: Hech kim, hech narsa va hech qachon bizni to‘xtata olmaydi

Jahon 15:17 / 10.06.2017 10280

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat NATO va Yevroittifoqqa kirishiga ishonchi komil ekanini bildirdi.

«Ishonamanki, Ukraina NATOga kiradi. Ukraina Yevropa ittifoqida ham bo‘ladi. Hech kim, hech narsa va hech qachon bizni to‘xtata olmaydi», - deya yozdi Poroshenko o‘z Twitter’ida.

22 may kuni YeI rasmiy axborotnomasi Ukraina fuqarolari uchun vizasiz rejim haqidagi qarorini e'lon qildi.

Ko‘proq yangiliklar: