Kilian Vengerga juda kerak: «Arsenal» unga to‘rtinchi taklifni tayyorladi

Sport 15:13 / 07.06.2017 5916

«Arsenal» «Monako»dan Kilian Mbappeni sotib olish uchun harakatlardan to‘xtamayapti. La Gazzetta Dello Sport xabariga ko‘ra, navbatdagi taklif 150 million yevroni tashkil etadi.

«Monako» bungacha londonliklarning Mbappe uchun 100, 115 va 126 million yevrolik takliflarini rad etgandi.

Ayni vaqtda «Arsenal» bosh murabbiyi Fransiyaga muzokaralar uchun kelgan.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, 18 yoshli bu futbolchi dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylanadi.

Bundan oldingi xabarlarda «Manchester Yunayted» ham kurashga qo‘shilgani, manchesterliklar Mbappe uchun 130 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar berilgandi.

Bu vaqtda «Manchester Siti» – 130 million, «Real» 135 million yevrolik taklif bergan.

Yakunlangan mavsumda 18 yoshli fransiyalik hujumchi «Monako» safida Fransiya chempionatida 29 uchrashuvda maydonga tushgan va 15 gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: