Braziliya prezidenti korrupsiyada rasman gumon qilinmoqda

Jahon 07:49 / 19.05.2017 3527

Braziliya federal oliy sudi sudyasi Edson Fakin mamlakat prezidenti Mishel Temerga nisbatan korrupsiyada gumon bo‘yicha jinoiy ish ochishga ruxsat berdi. Bu haqda Globo telekanali xabar bermoqda.  

Tegishli so‘rov oliy sudga mamlakat bosh prokuraturasi tomondan yo‘llangan. Shu tariqa Temer korrupsiyada rasman gumondorga aylandi. Braziliya qonunlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti jinoiy ta'qibdan qisman daxlsizlikka ega, shu sababli unga nisbatan tergov faqatgina oliy sud instansiyasi sanksiyasi bilangina boshlanishi mumkin.

Bundan avvalroq braziliyalik tadbirkorlar – aka-uka Joesli va Uesli Batista oliy sudga go‘yoki Temer parlament quyi palatasining sobiq spikeri, sobiq prezident Dilma Russeff impichmentining tashabbuschisi Eduardu Kunyuga pora berishni so‘ragani haqidagi yozuvni berishgan. Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, pullar Kunyaga "sukut saqlashi" uchun berilmoqchi bo‘lgan.

O‘z navbatida Temer Kunyaga pora berishga urinish bo‘yicha ayblarni rad etmoqda. Prezident matbuot xizmati tomondan tarqatilgan bayonotda prezident "sobiq spikerning sud bilan hamkorlik qilishiga xalaqit qilishga chorlangan qandaydir bir harakatlarda ishtirok etmaganligi va ularga ruxsat bermaganligi" ta'kidlab o‘tildi.

Ko‘proq yangiliklar: