Ukraina "Yandeks", "Odnoklassniki" "VKontakte"ni uch yilga blokladi

Fan-texnika 14:45 / 16.05.2017 7712

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Milliy xavfsizlik va Ukraina mudofaasi kengashi (MXKM)ning "Odnoklassniki" "VKontakte" ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek Yandeks, Mail.ru va ularning servislariga qarshi sanksiya kiritishi to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi. 

"Poroshenko Milliy xavfsizlik va Ukraina mudofaasi kengashi (MXKM)ning "Odnoklassniki" "VKontakte" ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek "Mail.ru", "Yandeks" va  "Yandeks. Ukraina" servislari resurslariga qarshi sanksiya kiritishi to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi", - deya xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Manbaga ko‘ra, sanksiyalar uch yilga mo‘ljallangan.

Shuningdek Poroshenko sanksiyalar e'lon qilingan RFning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan kengaytirilgan qidiruv ro‘yxatini tasdiqladi. Endilikda jismoniy shaxslarning sanktsion ro‘yxati - 1228 kishi, yuridik shaxslarning sanktsion ro‘yxati esa - 468 kishidan iborat. Ro‘yxatda Davlat dumasining qator deputatlari, jurnalistlar, Konstitutsion sud sudyalari nomlari qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: