Sobiq farzandlar ham bo‘ladimi yoki sud ijrochilarining yangi tashabbusi

Jamiyat 19:57 / 16.05.2017 19242

Dunyo yaralibdiki insoniyat jamiyat bilan doim o‘zaro munosabatlarda. Jamiyatning asosini esa – oila tashkil etadi. Oila – bu nafaqat ikki inson ittifoqi, balki kelajak poydevoridir. Hozirgi kunda ba'zi oilalarning poydevori qulayotgani yangilik emas. Bundan nafaqat kattalar, shu qatorda murg‘ak qalblar ham aziyat chekmoqda.

Sud departamenti matbuot xizmatining bergan ma'lumotiga ko‘ra, bugunga kelib tushayotgan ijro hujjatlarining 60 foizi aliment bilan bog‘liq hujjatlarni tashkil etadi.

Bu holatlarni kamaytirish yuzasidan Sud departamenti tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Namangan viloyatida voyaga yetmaganlarning moddiy ta'minoti uchun aliment to‘lovchi shaxslarning mas'uliyatini yanada oshirish va to‘lovlarning muntazamligini ta'minlash, qonunlarga so‘zsiz amal qilish maqsadida, Namangan shahrining markaziy ko‘chalariga alimentlar o‘z vaqtida to‘lab borish mavzusida bir necha bannerlar joylashtirildi.

Hozirda bu kabi bannerlarni viloyatning tuman markazlariga ham joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: