NATO Estoniyaning Rossiya chegarasiga yaqin hududida keng ko‘lamli mashqlarni boshladi

Jahon 12:22 / 08.05.2017 6785

Estoniyada NATOning “Bahorgi po‘rtana-2017” keng ko‘lamli xalqaro mashqlari boshlandi. Unda qariyb 9 ming harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda. Bu haqda respublika Mudofaa kuchlari Bosh shtabi xabar bergan.

"13 davlatdan bo‘lgan taxminan 2,3 ming xorijiy harbiy xizmatchi NATOning “Bahorgi po‘rtana-2017” keng ko‘lamli mashqlarida ishtirok etadi. 8-26 may kunlari bo‘lib o‘tadigan mashqlarda estoniyalik harbiy birga hammasi bo‘lib qariyb 9 ming harbiy qatnashadi", - deyiladi xabarda. Mashqlar Estoniyaning Rossiya chegarasiga yaqin hududida - mamlakat shimoli-sharqida bo‘lib o‘tadi.

Mashqlarda Buyuk Britaniyaning NATOning Estoniyada joylashgan xalqaro bataloni tarkibiga kiruvchi 800 nafar harbiy xizmatchisi, shuningdek, bu batalondan bo‘lgan taxminan 300 nafar fransiyalik harbiy ishtirok etadi. Germaniya mashqlarga 400 harbiy xizmatchisini yuboradi. Bundan tashqari AQSh, Latviya va Litvadan bittadan rota bo‘ladi. Shuningdek, mashqlarda Niderlandiya, Polsha, Kanada, Finlyandiya, Ukraina, Ispaniya va Gruziyadan bo‘lgan harbiylar ham qatnashadi.

Mashqlarda Amerikaning M1A2 Abrams, Britaniyaning Challenger 2 va Fransiyaning Leclerc tanklari, shuningdek, ittifoqchilar va Estoniya mudofaa kuchlari piyoda askarlarining jangovar mashinalari: CV9035, Warrior, Bradley, VBCI, Marder’dan foydalaniladi. O‘tgan yili “Bahorgi po‘rtana”da 1,5 mingdan ortiq xorijlik harbiy xizmatchi ishtirok etgan.

Ko‘proq yangiliklar: