Avstraliyada qit'aning chekkasini ko‘rish uchun mashinada yo‘lga chiqqan 12 yoshli bola qo‘lga olindi

Jamiyat 18:00 / 23.04.2017 5854

Avstraliya g‘arbidagi Yangi Janubiy Uels shtati hududida politsiya 1300 km masofani mashina haydab yurib o‘tgan 12 yoshli bolani qo‘lga oldi.

«Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, mashina haydovchisi 12 yoshli bola bo‘lib chiqdi. U Kendalldan Pyortga yo‘l olgandi», — deya politsiyaning bayonotini keltirgan The Sydney Morning Herald nashri.

U qit'aning chekkasini ko‘rmoqchi bo‘lgandi. Mashina bamperi yerda sudralib kelayotgani politsiyaning e'tiborini o‘ziga jalb etgan.

Ular bu defekt avtomobil hamda uning haydovchisi xavfsizligi uchun tahdid deb bilishgan. Mashina to‘xtatilganda ular rulda yosh bola o‘tirganini ko‘rishgan.

Politsiya bolani qo‘lga olib, mahkamaga olib ketishgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.

Ko‘proq yangiliklar: