AQSh vitse-prezidenti Koreya yarim oroliga keldi

Jahon 07:26 / 17.04.2017 7334

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Qo‘shma Shtatlarning Janubiy Koreyadagi harbiy bazasiga keldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Pens bazaga Shimoliy Koreya muvaffaqiyatsiz raketa parvozini amalga oshirganidan bir kun o‘tib, vertolyotda kelgan.

Ta'kidlanishicha, baza KXDR bilan chegaradagi “juda mustahkamlangan” hududda joylashgan.

Avvalroq Pens AQSh Janubiy Koreyani himoya qilishga tayyorligini tasdiqlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: