Kameralardan avtomobil raqamini yashirgan haydovchilar qanday jazolanadi?

Fan-texnika 15:44 / 01.04.2017 33026

Toshkentning 115ta chorrahasida ishlayotgan kameralardan avtomashinasi raqamini yashirish uchun turli hiylalardan foydalangan haydovchilar vaqtincha mashinasiz qolishlari mumkin.

Toshkent IIBB jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi inspektori mayor Alisher Abduqodirovning "Narodnoye slovo" gazetasi muxbiriga aytishicha, davlat raqam belgilarini to‘liq ko‘rishga to‘sqinlik qiluvchi turli jism va qoplamalardan foydalanish qoidabuzarlik ekani O‘zbekiston ma'muriy javobgarlik haqidagi Kodeksining 127-moddasida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, bunday qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchilar eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha (149 775dan 449 325 so‘mgacha), mansabdor shaxslar esa uch baravardan besh baravargacha (449 325dan 746 625 so‘mgacha) miqdorda jarima to‘laydilar.

Shuningdek YHXB xodimi davlat raqami yashirilgan avtomobilni vaqtinchalik jarima maydoniga olib ketish huquqiga ega.

Ko‘proq yangiliklar: