So‘rovnomalar Turkiyadagi referendum bo‘yicha ovozlar teng bo‘lishini ko‘rsatmoqda

Jahon 10:01 / 31.03.2017 3472

Turkiyada konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha referendum o‘tkazilishi oldidan jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomalar mamlakatning asosiy qonunini o‘zgartirish tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlar deyarli teng miqdorda ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Turkiyaning oliy saylov kengashi 16 aprelga Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar paketi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini belgiladi. Ularda mamlakatdagi parlament boshqaruv shakli prezident boshqaruvi shakliga o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan. Boshqaruvning prezident shakliga o‘tish bo‘yicha o‘zgarishlar Turkiya parlamenti tomonidan ma'qullangan va mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomondan imzolangan.     

Turkiyaning yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasining yuqori lavozimdagi a'zolari axborot agentligiga o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra Turkiyaning 52 foiz aholisi konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qilganlar. Mart oyi boshida bu ko‘rsatkich 55-56 foizni tashkil qilgandi.   

ORC kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlovchilar 55,4 foizni tashkil qilmoqda.  

Biroq Gezici kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlar bir necha oydan beri so‘ralganlarning 51-53 foizi o‘zgarishlarga qarshi chiqayotganini ko‘rsatmoqda. 

Birorta so‘rovnoma Erdo‘g‘an umid qilayotgan o‘zgarishlaarni qo‘llab-quvvatlashning 60 foizlik ko‘rsatkichini ko‘rsatmagan.

Ko‘proq yangiliklar: