O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegara yaqinida maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etadi

O‘zbekiston 16:40 / 23.03.2017 8862

O‘zbekistonda Qozog‘iston bilan chegara yaqinida maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov ma'lum qilgan.

«Albatta, biz ko‘rib turibmizki, davlatlarimiz o‘rtasida imzolangan 170ta kelishuv ikki mamlakat hamkorligi rivojlanishi uchun jiddiy qonuniy asos bo‘ladi. Bu o‘rinda davlatlarimiz
O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarida yangi korxonalarni ishga tushirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. 

O‘zbekistonda ayni paytda ham sanoat va erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ammo biz yangilarini ochishni rejalashtirganmiz. Albatta, bu zonalar Qozog‘iston bilan chegaralardan uzoq bo‘lmagan hududda joylashadi. Albatta sizning biznesiniz bu loyihaga jalb etilishi siz va bizni global bozorda yanada raqobatbardosh kuchga aylantiradi», deya Shayxovning so‘zlarini keltirgan «Kazinform».

Uning so‘zlariga ko‘ra, biznes-forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada qatnashayotgan 200dan ortiq kompaniya O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatining ma'lum bir qirrasini namoyish etadi, xolos.

Ko‘proq yangiliklar: