Qizil jazirama. «Bavariya» «Arsenal»ni 10 daqiqada yakson qildi

Sport 12:28 / 16.02.2017 14117

Bu qarama-qarshilikda ikkinchi uchrashuvni o‘tkazishga hojat yo‘q: «Arsenal» a'lo darajada o‘tgan birinchi bo‘limdan keyin o‘zi imkonini yo‘qqa chiqardi.

Arsen Venger «Bavariya»ga qarshi o‘yinga taktik syurpriz tayyorlagandi. «Arsenal» o‘yinga 4 himoyachi, 4 yarim himoyachi va markaziy hujumdagi Aleksis Sanches bilan tushdi, Mesut O‘zilni esa Venger ikkinchi hujumchi roliga qo‘ydi. Bu orqali Sanches markaziy himoyachilarni band qilishi, O‘zil esa bu tufayli oldinga harakatlanishda keng hududlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgandi. Birinchi bo‘limda bu g‘oya o‘zini oqladi, ikki marta: Mats Hummels chiziqdagi uzilish tufayli Sanchesni yiqitdi va sariq kartochka oldi, ko‘p o‘tmay O‘zilning driblingi orqali tezkor qarshi hujumga o‘tildi va Granita Chaka zarba berish uchun qulay nuqtaga chiqdi. Ikki vaziyatda ham aniq zarba berildi, gol bo‘lmadi.

«Arsenal» Myunxendagi ilk 45 daqiqalikda ustunlik qildi. Agar ilk 15 daqiqalikda mehmonlar bir necha bor dovdiragani hisobga olinmasa va  Aren Robbenning o‘ziga xos gol urishiga yo‘l qo‘yib berilgani hisobga olinmasa, inglizlar deyarli ideal o‘yin ko‘rsatdi. Venger qanotlarni yopib qo‘ydi (bu tufayli Duglas Kosta o‘yindan chiqarildi), «Arsenal» o‘yinni o‘z istagiga ko‘ra olib bordi.

Javob goli juda tushunarsiz chiqdi, lekin bu gol edi. Standart vaziyatdan keyin Noyyer jarima maydonida Koselni to‘p uchun kurashdi, Levandovski bilan to‘qnashuv vaziyatida o‘yin hakami Milorad Majich fol qayd etib, penalti belgiladi. Sanchesning zarbasi o‘xshamadi, ammo Noyyer qaytargan to‘p to‘g‘ri uning o‘ziga keldi va u uchinchi urinishda to‘pni darvozaga kiritdi — 1:1!

«Arsenal» bu goldan keyin ham hisobni saqlashga urinmadi va to‘xtamasdan hujum qildi. Bir qancha qulay vaziyatlar yaratildi. Tanaffusga mehmonlar g‘alaba bilan yo‘l olishi ham mumkin edi, ammo Noyyer jamoa joniga oro kirdi.

Bir kun oldin Lissabonda Per-Emerik Obameyang «Borussiya» safidagi eng yomon o‘yinini o‘tkazgandi. Endi Bundesliganing boshqa bir to‘purari Robert Levandovski o‘zini ko‘rsatishi lozim edi. Obameyang ikki marta qulay vaziyatlarda to‘pni osmonga qarata tepgandi, keyin esa penaltidan gol ura olmadi. Levandovski ham o‘yin boshida ko‘p marta xato qildi, avvaliga Vidal va Alabaning ajoyib paslarini yo‘qqa chiqardi, keyin jamoasi darvozasiga penalti belgilanishiga sababchi bo‘ldi. Bu o‘rinda farq shuki, gabonlik futbolchini Tomas Tuxel penaltida xato qilgach, darhol maydondan olib tashladi, Karlo Anchelotti esa o‘z shogirdiga imkon berishda davom etdi va u o‘z imkonidan foydalandi.

Angliyaliklar jamoasi ikkinchi bo‘limni zarba berish bilan boshladi. Lekin bu ularning o‘yindagi oxirgi zarbasi edi, shundan 30 soniya o‘tib Koselni va Ospina jarohat oldi. Kolumbiyalik darvozabon jarohatlangan holda o‘yinni davom ettirishga qaror qildi, sardorni esa Venger almashtirishiga to‘g‘ri keldi.

«Arsenal» esa irodasizlik qildi. Robben va Lam qanotda faollik qilishni boshladi va ularning hamkorlikdagi hujumi Levandovski to‘pni bosh bilan Ospina qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘llashi bilan yakunlandi. Bu vaziyatda darvozabon to‘pga chiqishga kechikdi, uni qaytara olmadi — 2:1. 150 soniyadan keyin mehmonlar himoyasi uxlab qoldi va Levandovski tovoni bilan ochiq hududga to‘pni tashladi, unga Alkantara yetib keldi va bu uzatmani yo‘qqa chiqarishni istamadi — 3:1.

Bu voqealar myunxenliklarning «Volfsburg»ga qarshi o‘yinini eslatib yubordi. O‘shanda ham mehmonlar o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishmagan, ikkinchi bo‘limda Levandovski har daqiqada gol uravergandi. «Bavariya» hujum ortidan hujum uyushtirdi, vaziyatlardan birida Bellerin to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi, penalti belgilanmadi, Ospina Xavi Martinesning xavfli zarbasini qaytardi, Levandovski jarima maydoni ichida yiqildi, yana penalti berilmadi… Lekin bu ko‘pga bormadi va burchak zarbasidan keyin to‘rtinchi  gol ham urildi. Bu vaziyatda mehmonlar himoyachilari bir necha urinishda ham to‘pni uzoqlashtirib yubora olishmadi va to‘p Alkantaraga kelib tushdi. Yosh futbolchi bergan zarba esa rikoshet orqali Ospina darvozasiga kirdi. Ikkinchi va to‘rtinchi gollar orasi 10 daqiqa — 4:1, o‘yin taqdiri hal.

«Bavariya» to‘xtash haqida o‘ylamadi va maydon «Bavariya» uchun qizil jaziramaga aylandi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar tomonidan 15ta zarba, to‘pga egalik qilish ko‘rsatkichi 75 foizga 25 foiz — Vengerning o‘yin oldi rejalari chippakka chiqdi. Maydonda Tomas Myuller tushgach esa, oylardan buyon gol ura olmay kelayotgan bu futbolchining ham istagi bajo keltirildi. Oksleyd-Chemberlen himoya hududida dribling qilishga harakat qildi va yakunda to‘pni raqibga topshirdi: «Bavariya» futbolchilari esa uni masxaralagancha uyoqdan buyoqqa yugurtirdi, Myuller esa zarba berish nuqtasida ochildi va to‘pni ilojsiz qolgan Ospina darvozasiga yo‘lladi 5:1. Endi martda muxlislar Londondagi uchrashuvni emas, Neapoldagi uchrashuvni tomosha qilishadi.

 

Chempionlar ligasi. «Bavariya» «Arsenal» darvozasiga 5ta to‘p kiritdi

Ko‘proq yangiliklar: