Estoniyaning yangi prezidenti birinchi rasmiy safarini Finlyandiyaga amalga oshiradi

Jahon 07:10 / 14.10.2016 4219

Estoniyaning yangi prezidenti Kersti Kalyulayd birinchi rasmiy safarini 20 oktabrda Finlyandiyaga amalga oshiradi, so‘ngra shu kunning o‘zida Latviyaga ham boradi, deb ma'lum qildi uning devonxonasi.

Kalyulayd 10 oktabrda parlamentda prezidentlik qasamyodini keltirdi va rasman davlat rahbari vazifalarini bajarishga kirishdi.  

Kalyulayd safarlar vaqtida ikki qo‘shni davlat prezidentlari bilan uchrashadi. 

Eston OAV ta'kidlashicha, Estoniyaning sobiq prezidenti Toomas Xendrik Ilves 2006 yilda prezident bo‘lganda birinchi rasmiy safarini Latviyaga amalga oshirgan, so‘ngra o‘sha kunning o‘zida Rigadan Finlyandiyaga yo‘l olgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: