Frantsuz aviatsiyasi Mo‘sul yaqinida IShID jangarilarini bombaladi

Jahon 15:48 / 30.09.2016 9376

Fransiyaning «Sharl de Goll» aviatashuvchi kemasi bortidan uchgan Rafale rusumli qiruvchi samolyotlari Iroqning Mo‘sul viloyati hududida joylashgan jangarilarga ilk zarbalarni yo‘lladi. Bu haqda BFMTV xabar tarqatgan.

«Aviatashuvchining harbiy harakatlar hududiga yetib kelishi Fransiyani bu amaliyotlarda ishtirok etayotgan davlatlar orasida samolyotlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa olib chiqdi», — degan telekanalga bergan intervyusida diviziya generali Vinsent Desport. Bungacha Iordaniya va BAAdagi aerodromlarda Fransiya Harbiy-havo kuchlarining 12ta samolyotlari joylashgan va bu samolyotlar AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida ishtirok etib kelmoqda edi.

Xabar qilinishicha, ayni damda 1 hafta oldin Tulon portidan yo‘lga chiqqan «Sharl de Goll» aviatashuvchisi O‘rta Yer dengizining sharqiy qismida, Kipr yaqinida to‘xtagan.

Bu Fransiyaning uchinchi missiyasidir. Bu hududda Rossiya floti qismlari ham joylashgan bo‘lib, ikki tomon o‘zaro muvofiqlikda harakatlanadi.

«Ayni vaqtda "Sharl de Goll" O‘rta Yer dengizining sharqiy qismida bo‘lib turibdi. U yerda rossiyaliklar ham bor. Biz Vladimir Putin bilan axborotlar almashgan holda harakatlanishga kelishib oldik. Bu ish avval qanday bajarilgan bo‘lsa, bundan keyin ham shunday davom ettiriladi», — degan Fransiya prezidenti Fransua Olland.

Ko‘proq yangiliklar: