Hillari Klinton davlat kotibi vaqtida Rossiyada maxfiy ma'lumotlarni qoldirgan

Jahon 12:14 / 24.09.2016 12626

FQB direktori Jyeyms Komining so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton davlat kotibi bo‘lib ishlagan vaqtlarda maxfiy ma'lumotlarga nisbatan "ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan", deb xabar qilmoqda ABC telekanali.

AQSh Federal qidiruv byurosi "pochta ishi" bo‘yicha 189 sahifani oshkor qildi. Unga ko‘ra, Hillari Klintonning Rossiyaga safarlaridan birida, uning yordamchisi qoidalarga zid ravishda maxfiy ma'lumotlar bitilgan hujjatlarni Klintonning mehmonxonasiga olib keladi. Shundan so‘ng, Klinton va uning yordamchisi xonani tark etgach, diplomatik qo‘riqlash xizmati xodimlari davlat siriga oid hujjat qolib ketganini aniqlashadi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq davlat kotibi xizmatdalik vaqtida xususiy pochta serveridan foydalanganlikda ayblanadi. Bu nazariy jihatdan xizmat yozishmalarini jamoatchilikdan yashirgan bo‘lsa-da, aslida maxfiy ma'lumotlarning o‘g‘irlanishiga imkon berar edi. 

Ko‘proq yangiliklar: