Milanda supermodel Jiji Hadid surbet muxlisiga tarsaki tushirdi

Jamiyat 20:52 / 22.09.2016 15098

Milandagi modalar haftaligi namoyishidan keyin supermodel Jiji Hadid erkak muxlisini u modelni quchoqlab olib, ko‘targani uchun urdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Voqea 21 yoshli model Max Mara brendi shousini tark etayotganda yuz bergan. Hadid bir muxlisi bilan selfiga tushayotganda, erkak uning orqasidan kelib, uni quchoqlab tepaga ko‘tarib olgan. Model tirsagi bilan uning yuziga tushirgandan keyin erkak uni pastga tushirgan. "Sen kimsan o‘zi, surbet", deb baqirib ketgan model erkakka.

So‘ngra mojaroga modelning tansoqchilari aralashib, qizni mashinaga olib ketishgan. Ta'kidlanishicha, Jiji tansoqchilaridan noma'lum erkakni topib berishni so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: