“Oltin to‘p” sohiblari yana faqat jurnalistlar tomonidan aniqlanadi

Sport 14:45 / 20.09.2016 9737

Fransiyaning France Football nashri 2016 yilda “Oltin to‘p” topshiriladigan qoidalarni e'lon qildi.

Yana avvalgidek, ovoz berish jarayonida  faqat jurnalistlar ishtirok etadi. Nomzodlar ham 23 nafar emas, 30 nafar bo‘ladi.

2010 yildan shu kungacha sovrin “FIFA Oltin to‘pi” deb nomlangan edi. Unda ovoz berish jarayonida terma jamoa sardorlari, murabbiylar va jurnalistlar ishtirok etib kelgan. Ma'lum vaqtdan keyin sovrin avvalgi formatiga qaytdi.

France Football jurnali 1956 yildan boshlab "Oltin to‘p" mukofotini eng yaxshi futbolchiga topshirib kelgan edi. 1988 yilda esa FIFA "Yil futbolchisi" mukofotini joriy etdi.

2010 yilda jurnal tahririyati va FIFA besh yillik shartnoma imzolagan edi. Unga ko‘ra, FIFA milliy terma jamoalarning murabbiylari, sardorlari va OAV vakillari ovozi orqali "Oltin to‘p" mukofotini topshirib borishi ko‘zda tutilgan edi.

"Oltin to‘p" mukofotini FIFA topshirishni boshlaganidan buyon unga faqatgina ikki futbolchi — "Barselona" hujumchisi Lionel Messi (2010, 2011, 2012, 2015) hamda "Real" yetakchisi Krishtianu Ronaldu (2013, 2014) qo‘lga kiritgan.

Ko‘proq yangiliklar: