Rossiya va Eron burg‘ilash qurilmalarini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Jahon 23:52 / 27.08.2016 6567

Rossiya va Eron Fors ko‘rfazida dengiz burg‘ilash qurilmalarini qurish bo‘yicha 1 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Ma'lum qilinishicha, Eronning Tasdid kompaniyasi va Rossiyaning "Krasnyye barrikady" kemasozlik zavodi Fors ko‘rfazida neft va gazni razvedka qilish va olish maqsadida 5 ta dengiz burg‘ilash qurilmasini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Rossiya kompaniyasi shartnomaning 85 foiz qiymatini ta'minlashga va'da berdi. Keyingi 2 yil ichida burg‘ilash qurilmalari Xurramshahr port shahrida qurilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: